AsosiyJamiyat

Temuriylar tarixi davlat muzeyida qancha eksponat borlinini bilasizmi?

'Temuriylar tarixi davlat muzeyida qancha eksponat borlinini bilasizmi?'ning rasmi

O`zR FA Temuriylar tarixi davlat muzeyi 1996 yilda Sohibqiron Amir Temur tavalludining 660 yilligi munosabati bilan bunyod etilgan.

Muzey fondining asosiy qismi Amir Temur va temuriylar davriga oid qo`lyozma asarlar, turli davlatlar hukmdorlari bilan olib borilgan yozishmalar, tangalar, sopol va mis buyumlar, me`moriy bezak qoplamalari, kitoblar, etnografik buyumlar, yurtimiz rassomlari asarlari kabi nodir eksponatlardan iborat. 

Eksponatlarning soni esa 2,5 mingdan oshadi. Ayni paytda muzey zallaridagi “O`zbekistonda yozuv madaniyati va tarixi”, “Shohruhiya qal`a-shahri”, “Xorijdagi merosimiz”, “Amir Temur-Klavixo-Samarqand”, “Amir Temur hayotidan lavhalar”, “Amir Temur va temuriylar davri - rassomlar nigohida”, “Amir Temur va temuriylar davri tarixi olimlar nazarida” kabi ko`rgazmalarda 1,5 ming eksponat namoyish etilmoqda.

    Boshqa yangiliklar