Prokuratura departamentining bergan xabariga ko`ra, Departamentning Yangibozor tuman bo`limi tomonidan “Xalq banki” Yangibozor filialining murojaatiga asosan o`tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda, “Z.B.” fermer ho`jaligi rahbari Z.Q. naslli qoramol sotib olishga ajratilgan 237,6 ming AQSh dollari miqdoridagi kredit ta`minoti uchun garovga qo`yilgan 616,1 mln so`mlik issiqxonani buzib tashlab, jihozlarini boshqa maqsadlarda ishlatib yuborganligi aniqlangan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 233-moddasi (band solingan mulkni qonunga xilof ravishda tasarruf etish) bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov harakatlari o`tkazilmoqda.






