O`zbekistonda endi oilaviy bog`chalar 50 nafargacha bola olishlari mumkin bo`ladi. Bu haqda deputat Rasul Kusherbaev ma`lum qildi.
Xabarda aytilishicha, deputatlar ko`rib chiqayotgan "Maktabgacha ta`lim va tarbiya to`g`risida"gi O`zbekiston Respublikasining Qonuniga o`zgartishlar kiritish bo`yicha loyihada Oilaviy nodavlat maktabgacha ta`lim tashkilotlarida ko`pi bilan ellik nafar maktabgacha bo`lgan yoshdagi bolaning ta`lim va tarbiya olishiga yo`l qo`yilishi belgilanmoqda.
Hozircha oilaviy MTTda ko`pi bilan yigirma besh nafargacha bolaning ta`lim va tarbiya olishiga yo`l qo`yilishi mumkin.






