Qozog`iston prezidentining matbuot xizmati Qosim-Jo`mart Toqaevning Rossiya va O`zbekiston bilan uch tomonlama ittifoq tuzish to`g`risidagi gaplariga izoh berdi.
Avvalroq Qozog`iston prezidenti Qosim-Jo`mart Toqaev Rossiya bosh vaziri Mixail Mishustin bilan uchrashuvda Rossiya, Qozog`iston va O`zbekistonning uch tomonlama ittifoqida ishtirok etish masalasini ko`rib chiqishga tayyorligini bildirgandi.
"OAVdan davlat rahbarining Moskvaga tashrifi bo`yicha ayrim savollar kelib tushmoqda. Shu o`rinda ta`kidlash joizki, Qozog`iston va Rossiya prezidentlarining Kremlda bo`lib o`tgan muzokaralari chog`ida Rossiya gazini Qozog`iston va O`zbekiston orqali tashish harakatlarini muvofiqlashtirish maqsadida Rossiya, Qozog`iston go O`zbekistondan iborat uch tomonlama gaz ittifoqini tashkil etish haqida gap ketgan edi. Prezidentlar Qosim-Jo`mart Toqaev va Vladimir Putin barcha tomonlarning manfaatlarini hisobga olgan holda ushbu masalaga oqilona echim topish uchun uchta davlat ekspertlari ishtirokida muzokaralar olib borish zarur deb hisoblaydi", — deydi Qozog`iston prezidentining matbuot kotibi Ruslan Jeldibay.
Ma`lumot uchun, Qozog`iston prezidentligiga ikkinchi muddatga qayta saylangan Qosim-Jo`mart Toqaev birinchi rasmiy davlat tashrifi bilan Rossiyada bo`lib turibdi.
Avvalroq, O`zbekiston va Qozog`iston ittifoq to`g`risidagi shartnomani ishlab chiqayotgani haqida xabar berilgandi.






