AsosiyJamiyat

Saudiya Arabistoni Toshkentda Al-Habib tibbiyot akademiyasini tashkil etadi

'Saudiya Arabistoni Toshkentda Al-Habib tibbiyot akademiyasini tashkil etadi'ning rasmi

Joriy yilning 28 noyabr kuni Investisiyalar va tashqi savdo vaziri Jamshid Xodjaev Saudiya Arabistoni Podshohligi investisiyalar vaziri Xolid al-Falih bilan videokonferensaloqa orqali uchrashuv o`tkazdi.

Yig`ilishda davlat rahbari Shavkat Mirziyoevning joriy yil avgust oyida Saudiya Arabistoni Podshohligiga tashrifi chog`ida imzolangan investisiyaviy bitimlarni amalga oshirishning joriy holati va uni jadallashtirish chora-tadbirlari muhokama qilindi.

Muzokaralarda ikki davlatning tegishli vazirlik va idoralari, tarmoq birlashmalari rahbarlari ham ishtirok etdi.

Tomonlar ko`p qirrali ikki tomonlama munosabatlar kun tartibini ko`rib chiqib, mavjud ijobiy dinamika ikki davlat rahbariyati o`rtasidagi ishonchli munosabatlarga asoslanganligini ta`kidladilar. Shu nuqtai nazardan erishilgan kelishuvlarni sifatli va o`z vaqtida amalga oshirish maqsadida hamkorlikni faollashtirishga tayyorlik bildirildi.

    Boshqa yangiliklar