Bugun, 28 noyabr kuni Namangan xalqaro aeroportiga ilk bor Air Arabia aviakompaniyasining samolyoti kelib qo`ndi. An`anaga ko`ra, samolyot suv arkasi bilan tantanali ravishda kutib olindi.
Namangan – Sharja yo`nalishi bo`yicha ilk parvoz arafasida aeroportda tantanali marosim bo`lib o`tdi. Namangan aeroporti va Air Arabia aviakompaniyasi vakillari ramziy qizil lentani kesib, 170 nafar yo`lovchiga mo`ljallangan birinchi reysga ro`yxatdan o`tish jarayonini boshlab berishdi.
Eslatib o`tamiz, Air Arabia Sharja va Namangan o`rtasida muntazam qatnovlarni yo`lga qo`ymoqda. Parvozlar qulay A-320 samolyotlarida muntazam ravishda, haftasiga uch marta amalga oshiriladi - Namangandan uchish dushanba, juma va yakshanba kunlariga belgilangan.






