AsosiyJamiyat

Navoiydagi konda sodir bo`lgan portlash oqibatida mashinist halok bo`ldi

'Navoiydagi konda sodir bo`lgan portlash oqibatida mashinist halok bo`ldi'ning rasmi

Navoiy kon metallurgiya kombinatiga qarashli konda amalga oshirilgan portlatish ishlari oqibatida bir kishi halok bo`ldi. Bu haqda Navoiy viloyati prokuraturasi xabar berdi.

Aniqlanishicha, 26 noyabr kuni «NKMK» AJ Shimoliy kon boshqarmasiga qarashli «Sharqiy» konida portlatish ishlari olib borilgan hududda ruda toshlarni olish ishlari bilan shug`ullanayotgan EKG-40 rusumli ekskavator kabinasiga tog` jinslari ko`chmasi sachrab tushishi oqibatida, kabinada bo`lgan mashinist Sh.Sh. tan-jarohati olib, voqea joyida vafot etgan.

Bundan tashqari, EKG-40 rusumli ekskavator kabinasida bo`lgan, mashinist yordamchisi T.M. «bo`yin va o`ng qo`l kaft soxasi 1 va 2-darajali kuyishi tan-jarohati olgan.

Hozirda mazkur holat yuzasidan IIV huzuridagi 2-son IIB tergov bo`linmasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilayotgan bo`lib, sudga oid tibbiy ekspertiza tayinlangan.

    Boshqa yangiliklar