Braziliyaning Rio-de-Janeyro shahrida Rio–2016 Paralimpiya o`yinlari davom etmoqda. Musobaqaning ikkinchi kunida o`zbekistonlik sportchilar bir qator muvaffaqiyatga erishishdi.
Ayollar o`rtasidagi dzyudo bo`yicha bahslarning -63 kilogramm vazn toifasida ishtirok etgan hamyurtimiz Tursunposhsha Nurmatova bronza medali uchun bellashuvda shvesiyalik raqibasi Nikolina Pernxaymga qarshi tatamiga ko`tarildi. Mazkur bahsda Nurmatova ippon bahosi evaziga g`alaba qozonib, bronza medalini qo`lga kiritdi.
Avvalroq erkaklar o`rtasida -73 kilogramm vazn toifasida ishtirok etgan o`zbekistonlik Feruz Saidov Paralimpiya bronza medali sohibiga aylangani haqida xabar bergandik.





