Ostonada Qosim-Jomart Tokaev Qozog`iston prezidenti etib qayta saylanganidan keyin norozilik namoyishlari boshlandi, deb xabar bermoqda BASE.
Ma`lum qilinishicha, respublika poytaxtida namoyishga chiqqanlarni hibsga olishlar boshlangan. Mahalliy hokimiyat internetni o`chirib qo`ygan. Bir soat o`tgach, Internetga kirish paydo bo`lgan.
Odamlar o`z qarindoshlarining qaerdaligi va nima bo`layotganini bila olmayapti, deyiladi xabarlarda.
Namoyishchilar qozog`istonlik tadbirkor Maratning tarafdorlari ekanligi qay etilmoqda. Ular Ostona markaziga qarab mahalliy savdo markazlaridan biri yaqinidagi mitingga chiqishgan.
Avvalroq Tokaev Qozog`istondagi navbatdan tashqari prezidentlik saylovlarida g`alaba qozongach, qasamyod qilgani xabar qilingandi. Qayta saylangan davlat rahbari o`z lavozimiga kirishdi. Marosim Ostonadagi Mustaqillik saroyida bo`lib o`tadi. Saylovda Tokaev 81,31 foiz ovoz oldi. Saylovchilarning 69,44 foizi ishtirok etdi. Ovoz berish 20 noyabr kuni bo`lib o`tdi.
Prezident lavozimiga kirishgach, Tokaev Rossiya, Xitoy va Markaziy Osiyo davlatlari bilan hamkorlik Qozog`iston tashqi siyosatining asosiy ustuvor yo`nalishlaridan ekanini aytdi. U davlat bundan buyon ham mutanosib va konstruktiv tashqi siyosat olib borishini ta`kidladi. Hukumatning harakatlari milliy manfaatlarni himoya qilishga qaratilgan bo`ladi, dedi siyosatchi.






