O`zbekiston tashqi ishlar vaziri Vladimir Norov Belarus tashqi ishlar vaziri Vladimir Makeyning vafoti munosabati bilan hamdardlik bildirdi. Bu haqda Belta xabar berdi.
Xabarda keltirilishicha, Belarus tashqi ishlar vaziri Vladimir Makeyning vafoti munosabati bilan hamdardlik bildirishlar davom etmoqda. Xususan, O`zbekiston tashqi ishlar vaziri Vladimir Norov ham hamdardlik bildirib, maktub yo`llagan.
"Belarus Respublikasi tashqi ishlar vaziri Vladimir Makeyning bevaqt vafot etgani haqidagi xabarni chuqur qayg`u bilan qabul qildim. Belarus Tashqi ishlar vazirligi xodimlariga, oila a`zolari, qarindoshlari va yaqinlariga hamdardlik bildiraman", deyiladi hamdardlik maktubida.
Avvalroq Belarus tashqi ishlar vaziri Vladimir Makey to`satdan vafot etgani haqida xabar berilgandi.






