Bugun, 26 noyabr kuni soat 15:02 da Toshkent shahar M.Ulug`bek tumani M.Ulug`bek ko`chasida ekspress yo`nalishida Mashinasozlar bekatiga harakatlanib ketayotgan “Mercedes-Benz” rusumli avtobusda yong`in sodir bo`ldi. Bu yaqinda yo`lga qo`yilgan ekspress avtobuslardan biri edi.
Yong`in tafsilotlari haqida FVV axborot xizmati xabar berdi.
Xabarda aytilishicha, 2 ta yong`in-qutqaruv ekipaji voqea joyiga etib borgan vaqtda yong`in haydovchi tomonidan birlamchi yong`in o`chirish vositalari orqali bartaraf etilgani ma`lum bo`lgan.
Yong`in natijasida avtobusning motor qismi yonib zararlangan.
Hodisa oqibatida tan jarohati olgan va halok bo`lganlar yo`q.
Hozirda yong`in sababi va moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda, deyiladi xabarda.
Eslatib o`tamiz, avvalroq, Toshkent shahrida yangi ekspress avtobuslar harakatlana boshlagani haqida xabar bergan edik.






