AsosiyDunyo

"Rossiya g`alaba qozonsa, “dahshatli qish” boshlanishi mumkin" — Stoltenberg 

'"Rossiya g`alaba qozonsa, “dahshatli qish” boshlanishi mumkin" — Stoltenberg 'ning rasmi

Rossiya prezidenti Vladimir Putin Ukrainada muvaffaqiyasizlikka uchrab, hamon  fuqarolik infratuzilmalariga raketa hujumlarini uyushtirmoqda. Bu haqda NATO bosh kotibi Yens Stoltenberg 29—30-noyabr kunlari Buxarestda bo`lib o`tadigan sammiti oldidan o`tkazilgan matbuot anjumanida ma`lum qildi, deya yozmoqda Zamon.uz sayti.

Stoltenberg so`zlariga ko`ra, Rossiya ukrainaliklarni elektr energiyasi, suv va oziq-ovqatdan mahrum qiladi, bu esa “qishning dahshatli boshlanishi” hisoblanadi.

Shu bilan birga, Stoltenberg alyans Ukrainani qancha vaqt kerak bo`lsa shuncha qo`llab-quvvatlashini ta`kidlagan.

“Bu urushda Rossiya bosqinchi, Ukraina esa mudofaa holatida. Agar tajovuzkor g`alaba qozonsa, avtokratiya g`alaba qozonsa tinchlik bo`lmaydi. NATO zarur bo`lgan vaqtgacha Ukrainani qo`llab-quvvatlashda davom etadi”, — dedi u.

Bosh kotibning qo`shimcha qilishicha, ko`plab davlatlar Rossiya boshlagan urushdan aziyat chekmoqda. Agar Putin g`alaba qozonsa, “har bir inson uzoq yillar davomida ancha yuqori narx to`laydi” va dunyo yanada xavfli bo`lib qoladi.

    Boshqa yangiliklar