Ijtimoiy tarmoqlarda maktab o`quvchilarining o`zaro janjallashayotgani aks etgan video tarqalmoqda.
Mazkur holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB matbuot xizmati ma`lumot taqdim etdi.
Ma`lum qilinishicha, joriy yilning 24 noyabr kuni taxminan soat 16.50 larda Mirobod tumanidagi Parvona mahallasida 125-sonli umumiy o`rta ta`lim maktabining 9 va 10-sinf o`quvchilari futbol o`ynayotgan vaqtida o`zaro urushib ketishgan. Ularning janjali shu atrofda bo`lgan fuqarolar tomonidan to`xtatilgan. Og`ir tan jarohati olganlar yo`q.
Mazkur holat yuzasidan o`tkazilgan tergovga qadar tekshiruv natijasi bo`yicha Mirobod tumani IIO FMB tergov bo`limi tomonidan O`zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 277-moddasi (“Bezorilik”) bilan qo`zg`atilgan jinoyat ishi bo`yicha tergov harakatlari olib borilmoqda.






