AsosiyJamiyat

Sirdaryoda transformator ostidagi kuchukni qutqarmoqchi bo`lgan 2-sinf o`quvchisini tok urdi

'Sirdaryoda transformator ostidagi kuchukni qutqarmoqchi bo`lgan 2-sinf o`quvchisini tok urdi'ning rasmi

Ijtimoiy tarmoqlarda 2-sinf o`quvchisini transformatorda tok urgani haqida ma`lumotlar tarqaldi. 

Guliston tumani xalq ta`limi bo`limining ma`lum qilinishicha, voqea 2022 yil 23 noyabr kuni tumandagi 14-sonli umumiy o`rta ta`lim maktabining 2 “B” sinf o`quvchilari darslar tugab uyga qaytayotgan pytida sodir bo`lgan. O`sha kuni reja bo`yicha 5 soat dars o`tilishi kerak bo`lgan. Jismoniy tarbiya fani o`qituvchilari uchun bo`lib o`tayotgan malaka (amaliy) sinovlarda ishtirok etayotganligi sababli ushbu kungi darslar ixchamlashtirilib, sinf rahbar Imomova Sohiba tomonidan darslar o`tib bo`lingach o`quvchilarga uylariga ketishlari uchun javob bergan.

Dars tugagandan so`ng 2 “B” sinfning barcha o`quvchilari kabi Xasan va Xusan Abdurahmanovlar uyga yo`l olishgan. Yo`lda aka-ukalar maktab hududining tashqarisida joylashgan elektr transformator ostiga kirib qolgan kuchukni ko`rib qolishgan. Transformator poydevor qismining ochiq joyidan Xusan Abdurahmanov qo`lini kirgazib kuchukni olmoqchi bo`lgan vaqtda elektr toki urishi oqibatida bosh, qorin, qo`l va oyoq qismidan tan jarohati olgan.  

Voqea joyiga tezlikda etib borgan maktabning o`qituvchisi Abilov Furqat bolani chiqarib olgan, maktab hamshirasi Rahimova Muhabbat tomonidan birinchi tibbiy yordam ko`rsatilgan. Zudlikda tuman shoshilinch tibbiy yordam va oilasiga xabar berilgan. Hozirgi vaqtda Tuman tibbiyot birlashmasi shifokorlari tomonidan muolajalar olib borilmoqda.

    Boshqa yangiliklar