AsosiyJamiyat

Samarqandda chet el valyutasining noqonuniy muomalaga kiritilishining oldi olindi

'Samarqandda chet el valyutasining noqonuniy muomalaga kiritilishining oldi olindi'ning rasmi

Bosh proeuratura departamentining bergan xabariga ko`ra, Departamentning Paxtachi tuman bo`limi tomonidan o`tkazilgan tezkor tadbirda, Samarqand shahridagi “Marmar dehqon bozori” hududida valyuta ayirboshlash bilan shug`ullanib kelgan M.Sh. fuqaro N.H.ga 3 400 AQSh dollarini 38,3 mln so`mga sotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 177-moddasi (valyuta qimmatliklarini qonunga xilof ravishda olish yoki o`tkazish) bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov harakatlari o`tkazilmoqda.

    Boshqa yangiliklar