AsosiyJamiyat

Toshkentda Nexia-3 urib yuborishi oqibatida 34 yoshli ayol vafot etdi

'Toshkentda Nexia-3 urib yuborishi oqibatida 34 yoshli ayol vafot etdi'ning rasmi

Toshkent shahri Yakkasaroy tumanida 34 yoshli ayol 19 yoshli haydovchi boshqaruvidagi Nexia-3 urib yuborishi oqibatida vafot etdi. Bu haqda poytaxt IIBB matbuot xizmati xabar berdi.

Ma`lum qilinishicha, 2022 yilning 19 noyabr kuni soat taxminan 22:30 larda Yakkasaroy tumani, Shota Rustaveli ko`chasida haydovchi 2003 yilda tug`ilgan A.A. davlat raqam belgisi 01 678 NFA bo`lgan Nexia-3 avtomashinada harakatlanib, piyodani urib yuborgan. Yo`l-transport hodisasi oqibatida 34 yoshli R.K. olgan tan jarohatlari sababli kasalxonaga olib ketilayotgan vaqtda vafot etgan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 266-moddasi 2-qismi (transport vositalari harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish) bilan jinoyat ishi qo`zg`atilgan. Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.

    Boshqa yangiliklar