AsosiyJamiyat

Bugun O`zbekistonda 20 daraja iliq bo`ladi

'Bugun O`zbekistonda 20 daraja iliq bo`ladi'ning rasmi

"O`zgidromet" xabariga ko`ra, bugun kunduz kuni O`zbekiston bo`yicha yog`ingarchilik kutilmaydi. Ba`zi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi, respublikaning ayrim joylarida 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Havo harorati 15-20° iliq atrofida bo`ladi.

Poytaxtimizda yog`ingarchilik kutilmaydi. Shamol 3-8 m/s tezlikda esadi. Havo 16-18° iliqgacha isiydi.

Tog`oldi va tog`li hududlarda yog`ingarchilik kutilmaydi. Ba`zi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi, ba`zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 3-8° iliq bo`ladi.

    Boshqa yangiliklar