AsosiyJamiyat

Kuchli tuman Urganch aeroporti ishini vaqtincha chekladi — “Uzbekistan Airports”

'Kuchli tuman Urganch aeroporti ishini vaqtincha chekladi — “Uzbekistan Airports”'ning rasmi

“Uzbekistan Airways” aviakompaniyasining Moskva – Urganch yo`nalishi bo`yicha HY-9616 yo`lovchi reysi soat 03:30da ob-havo sharoiti - quyuq tuman va ko`rish masofasi 300 metrdan kam bo`lganligi sababli belgilangan aeroportga qo`na olmadi hamda Navoiy shahridagi muqobil aerodromga yo`naltirildi.

Xuddi shu sababga ko`ra, Moskvadan SBI-3245 reysini amalga oshirayotgan S7 aviakompaniyasining samolyoti Urganch aeroportiga soat 03:00 da qo`na olmadi. Samolyot Buxoro aeroportiga yo`naltirildi.

Toshkent – Urganch yo`nalishi bo`yicha HY-53 reysining parvozi ham kechiktirildi.

Ertalab tuman tarqagach, SBI-3245 reysi Buxorodan Urganchga soat 09:30da, HY-9616 reysi Navoiydan soat 09:20da, HY-53 reysi Toshkentdan soat 09:48da uchdi. HY-53 reysi Urganchga soat 10:55 da qo`nishi kutilmoqda.

S7 Airlines aviakompaniyasining Urganchdan Moskvaga qaytish reysi mahalliy vaqt bilan 22:05 ga belgilangan.

    Boshqa yangiliklar