AsosiyJamiyat

Shahrisabzda jazoni engillashtirish uchun fuqarodan katta pul olgan shaxs qo`lga olindi

'Shahrisabzda jazoni engillashtirish uchun fuqarodan katta pul olgan shaxs qo`lga olindi'ning rasmi

Shahrisabz tumanida engilroq jazo tayinlatib berishni va`da qilgan firibgar aniqlandi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Departament xabar qildi.  

Departamentning Shahrisabz tuman bo`limi tomonidan o`tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda, fuqaro F.S. (muqaddam sudlangan) fuqaro D.M.ning ishonchiga kirib, uning transportdan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzganligi yuzasidan IIB organlarida tergov harakatlari olib borilayotgan jinoyat ishi bo`yicha tanishlari orqali engilroq jazo tayinlatib berish evaziga 3 100 AQSh dollari va 23,0 mln so`mini firibgarlik yo`li bilan qo`lga kiritganligi aniqlanib, F.S. o`z ixtiyori bilan ushbu olgan pullari hisobidan 500 ming so`mni qaytarganligi prosessual tartibda rasmiylashtirigan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov harakatlari o`tkazilmoqda.

    Boshqa yangiliklar