Bo`ka tumanida qalbaki kupyuralarning muomalaga kiritilganligi aniqlandi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Departament xabar bermoqda.
Departamentning Bo`ka tuman bo`limi tomonidan IIB xodimlari bilan hamkorlikda o`tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda, fuqarolar Z.E. va K.K. tumanning markaziy ko`chasida joylashgan savdo markazida amalga oshirgan xaridi uchun “F.S” MChJ sotuvchisi N.Q.ga 2 dona 200 ming so`mlik qalbaki kupyuralarni berganligi aniqlangan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 176-moddasi (qalbaki pul, aksiz markasi yoki qimmatli qog`ozlar yasash, ularni o`tkazish) bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov harakatlari o`tkazilmoqda.






