AsosiyJamiyat

“Darband” YPX maskanida pirotexnika vositalarining yirik partiyasi ushlab qolindi

'“Darband” YPX maskanida pirotexnika vositalarining yirik partiyasi ushlab qolindi'ning rasmi

Yangi yil bayrami yaqinlashib kelar ekan hududlarda pirotexnika vositalarini noqonuniy aylanuvi ham boshlanadi. Shu kabi holatlardan biri bojxonachilar tomonidan Surxondaryo viloyati “Darband” YPX maskanida to`xtatib qolindi. Bu haqda Davlat bojxona qo`mitasi matbuot xizmati xabar qildi. 

Ma`lum qilinishicha, 2022 yil 21 noyabr kuni Surxondaryo viloyati bojxona boshqarmasi Kontrabandaga qarshi kurashish bo`limi tomonidan olingan ma`lumotga asosan, viloyat DXX va Yo`l patrul xizmati xodimlari bilan hamkorlikda tezkor tadbir o`tkazildi.

Tadbir natijasida Denov tumanida yashovchi fuqaro J.A. boshqaruvida bo`lgan “ISUZU” rusumli avtotransport vositasi Boysun tumani “Darband” YPX maskanida xolislar ishtirokida to`xtatilib, xizmat iti yordamida ko`zdan kechirilganda avtotransport vositasi yukxonasi ichida qiymati 122 million 175 ming so`m bo`lgan 814 blokda 407 250 dona “Britanik” nomli va qiymati 72 million so`m bo`lgan 480 blokda 240 000 dona “Treniya” nomli pirotexnika vositalari  borligi aniqlandi. Ushbu holatda jami 194 million 175 ming so`m bo`lgan 647 250 dona pirotexnika vositalari ashyoviy dalil sifatida olinib, holat yuzasidan prosessual hujjatlar rasmiylashtirildi. 

Hozirda mazkur holat yuzasidan, bojxona organlari tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

    Boshqa yangiliklar