Toshkent shahri Chilonzor tumani Algoritm mavzesi yaqinida BMW avtomobili ishtirokida jiddiy yo`l-transport hodisasi yuz berdi. Bu haqda ijtimoiy tarmoqlarning “Voditeli Tashkenta” guruhida fotoxabar qoldirildi.

Suratlarda BMW avtomobilining yo`l chetida yonayotgani aks etgan. Yong`in boshlanishidan avval esa avtomobil katta tezlik natijasida qattiq urilgan va natijada u yo`lning qarama-qarshi yo`nalishiga chiqib ketgan va chetroqda to`xtagan.

Xabarga ilova qilingan suratlarda avtomobil o`t o`chiruvchilar tomonidan darhol o`chirilganini ko`rish mumkin. Yong`in oqibatida avtomobilga jiddiy zarar etgan. Jabrlanganlar haqida ma`lumot keltirilmagan.






