AsosiyDunyo

Zelenskiy: Rossiyaning maqsadi tinchlik emas, qisqa tanaffus olish

'Zelenskiy: Rossiyaning maqsadi tinchlik emas, qisqa tanaffus olish'ning rasmi

Rossiya qisqa muddatli yarashuv hisobiga harbiy harakatlardan tanaffus olmoqchi. Bu haqda Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy ma`lum qildi, deya yozmoqda "Zamon.uz".

“Rossiya hozir qisqa muddatli yarashuvga intilmoqda — maqsad kuchlarni tiklash uchun tanaffus olish. Kimdir buni urushning yakuni deyishi mumkin, ammo bunday to`xtalishlar vaziyatni yanada yomonlashtiradi”, – degan Prezident Galifaks xalqaro xavfsizlik forumidagi onlayn chiqishida.

Zelenskiyning fikricha, hududiy yon berishlar Rossiya bilan tinchlikni kafolatlamaydi. U haqiqiy barqarorlikka erishish uchun RF agressiyasi unsurlarini butunlay yo`q qilish kerakligini ta`kidlagan.

Ukraina etakchisi tinchlik uchun 10 ta tashabbusini eslatgan. Ularning orasida Rossiya qo`shinlarini butunlay olib ketish, radiasion va yadro xavfsizligi, oziq-ovqat va energetik xavfsizlik, barcha asir va deportasiya qilinganlarni ozod qilish, BMT Nizomiga rioya etish va Ukraina hududiy yaxlitligini tiklash kabi shartlar bor.

    Boshqa yangiliklar