Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkentda yangi qurilayotgan uylardan birining qurilishida kran qulab tushgani haqida video tarqaldi.
Holat yuzasidan FVV ma`lumot berdi.
Ma`lum qilinishicha, bugun, 19 noyabr kuni taxminan soat 11:20 larda Toshkent shahar Sirg`ali tumani Choshtepa ko`chasida joylashgan yangi qurilayotgan ko`p qavatli binoning qurilish jarayonida foydalanish uchun o`rnatilayotgan yuk ko`tarish krani qulab tushgan.
Hodisa oqibatida tan jarohati olgan va xalok bo`lganlar yo`q. Voqea joyiga tuman FV bo`limi rahbar xodimlari va tegishli tashkilotlar mas`ullari etib borgan. Hozirda vaziyat tafsilotlari o`rganilmoqda.






