AsosiyJamiyat

Yil yakuniga qadar Tojikiston va Qozog`istonga qatnovchi avtobus yo`nalishlari ochilishi kutilmoqda

'Yil yakuniga qadar Tojikiston va Qozog`istonga qatnovchi avtobus yo`nalishlari ochilishi kutilmoqda'ning rasmi

Quyi palata deputatlari, Transport vazirligi mutasaddilari, vazirlikning hududiy boshqarmalari, “Uzbekistan Airways” AJ, “O`zbekiston temir yo`llari” AJ, “Toshshahartransxizmat” AJ rahbarlari hamda OAV vakillari ishtirokida davra suhbati o`tkazildi.

Yangi O`zbekiston taraqqiyot strategiyasiga muvofiq joriy yilda qo`shni davlatlar bilan olib borilgan muzokaralarning ijobiy natijasiga ko`ra, O`zbekiston tomonidan bajariladigan choralar uchun tarmoq jadval ishlab chiqish maqsad qilingan.

Yil yakuniga qadar esa qishloqni tuman markazi bilan, tuman markazini viloyat markazi bilan bog`laydigan jami 200 ta yangi avtobus yo`nalishlarini tashkil etish belgilangan. Qolaversa, xalqaro avtobus yo`nalishlarini qayta tiklash bo`yicha O`zbekiston va Qozog`iston o`rtasida “Samarqand — Irgeli” va “Yangiyo`l — Irgeli” yangi muntazam xalqaro avtobus yo`nalishi ochish nazarda tutilgan. O`zbekiston va Tojikiston o`rtasida “Yangier — Shaxriston” yangi muntazam xalqaro avtobus yo`nalishini ochish rejalashtirilgan.

 

    Boshqa yangiliklar