Qirg`iziston parlamenti qirg`iz-o`zbek chegarasi haqidagi kelishuvni ratifikasiya qildi. Bu haqda "Sputnik Qirg`iziston"xabar berdi.
Ma`lum qilinishicha, 64 deputat yoqlab, 19 nafari qarshi ovoz berdi. Parlamentdagilarni Prezident Sadir Japarov va Milliy xavfsizlik davlat qo`mitasi rahbari Qamchibek Tashievlar kelishuvni qo`llab-quvvatlashga chaqirdilar. Ko`pchilikning fikricha, bugun tarixiy uchrashuv bo`ldi. Muhokama paytida hatto qizg`in bahs-munozaralar va janjallar ham bo`ldi.
Tashievning so`zlariga ko`ra, kelishuvning qabul qilinishi bilan Qirg`iziston hududi qariyb 15 ming gektarga kengaymoqda. Shu bilan birga, Kempirobod suv ombori ostidagi erlar O`zbekistonga o`tkaziladi.
Endi ikki davlat prezidentlarining qonunni imzolashi qoldi. Shunday qilib, Bishkek va Toshkent nihoyat chegara masalasini hal qilishi mumkin.
Qirg`iziston parlamenti Kempir-Obod suv omborini birgalikda boshqarish to`g`risidagi bitimni ratifikasiya qildi
65 nafar xalq deputati yoqlab, 18 nafari qarshi ovoz berdi.
Suv omborining to`g`oni 1960 yillardan buyon O`zbekiston tasarrufida. Endi Sadir Japarovning so`zlariga ko`ra, ular to`g`onni birgalikda boshqaradi va suvni birgalikda nazorat qiladi – 50/50 ulushga ega korxona tashkil etiladi. Qirg`izistonliklar Kampirobod suvidan foydalanishlari mumkin bo`ladi.






