O`zbekistonda uzoq muddatdan beri ilk bor koronavirus bilan kasallanish ko`rsatkichi sezilarli oshdi va respublikaning qator hududlarida bemorlar aniqlandi. Bu haqda SSV matbuot xizmati xabar qildi.
Ma`lum qilinishicha, kecha, 17 noyabr kuni O`zbekistonda 69 nafar fuqaroda kasallanish qayd etildi. Undan avvalgi kun bemorlar soni 61 nafarni tashkil etgan. Bu so`nggi kunlarda kasallanish yana ko`payib borayotganini ko`rsatmoqda.
2022 yil 17 noyabr kuni ro`yxatga olingan bemorlarning:
-1 nafari Buxoro viloyatida,
-2 nafari Namangan viloyatida,
-1 nafari Samarqand viloyatida,
-2 nafari Surxondaryo viloyatida,
-1 nafari Xorazm viloyatida,
-6 nafari Toshkent viloyatida,
-56 nafari Toshkent shahrida koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo`lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida qayd etildi.
Mavzuga doir:
Dunyoda koronavirusga chalinish holatlari yana oshdi — JSST






