AsosiyJamiyat

Farg`onada yashirin sexda qalbaki yog` ishlab chiqarilayotgani aniqlandi

'Farg`onada yashirin sexda qalbaki yog` ishlab chiqarilayotgani aniqlandi'ning rasmi

Iste`molga yaroqsiz yog` mahsulotlarining sotuvga qo`yilishining oldi olindi, deya xabar bermoqda Bosh prokuratura huzuridagi Departament.

Departamentning O`zbekiston tuman bo`limi tomonidan DXX, DSI va IIB xodimlari bilan hamkorlikda tadbirkorlik sub`ektlarining huquqlari himoya qilish yuzasidan,  o`tkazilgan tezkor tadbirda, fuqaro X.X. yashash xonadonida yashirin sex tashkil qilib, “T.e.” MChJning mahsulot yorlig`idan foydalangan holda qalbaki yog` mahsulotlarini qadoqlash faoliyati bilan shug`ullanib kelayotganligi aniqlanib, jami 2 000 dona elim idishlardagi 1,8 tonna iste`molga yaroqsiz yog` mahsulotlari ashyoviy dalil sifatida olingan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 186-moddasi (xavfsizlik talablariga javob bermaydigan tovarlarni o`tkazish maqsadini ko`zlab ishlab chiqarish, saqlash, tashish yoxud o`tkazish, ishlar bajarish yoki xizmatlar ko`rsatish) bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov harakatlari o`tkazilmoqda.

    Boshqa yangiliklar