AsosiyDunyo

Respublikachilar AQSh Vakillar palatasini nazoratga olishdi

'Respublikachilar AQSh Vakillar palatasini nazoratga olishdi'ning rasmi

Amerika ommaviy axborot vositalari prognozlariga ko`ra, AQSh Respublikachilar partiyasi zarur bo`lgan minimal ko`pchilik ovozni qo`lga kiritish orqali Kongress Vakillar palatasi ustidan nazoratni ta`minladi.

CNN ma`lumotlariga ko`ra, oraliq saylovlarda respublikachilar 435 o`rindan Vakillar palatasini nazorat qilish uchun zarur bo`lgan 218 o`rinni qo`lga kiritadi. Shu paytgacha Kongress quyi palatasini nazorat qilib kelgan Demokratik partiya 210 o`ringa ega. 

Shu bilan birga, NBC telekompaniyasining ma`lumotlariga ko`ra, respublikachilar Vakillar palatasida 221 o`rinni, demokratlar esa 214 o`ringa ega.

 Pelosining o`rniga Makkarti Vakillar palatasi spikeri bo`lishi mumkin. Bu g`alabas demokrat Nensi Pelosining Vakillar palatasi spikeri sifatidagi ikkinchi muddatini tugatadi. Yangi spiker Respublikachilar palatasi etakchisi Kevin Makkarti bo`lishi kutilmoqda.

Makkarti Vakillar palatasida respublikachilarning ko`pchilikni tashkil etishi haqidagi xabarni olqishladi. "Amerikaliklar yangi yo`nalishga tayyor, vakillar palatasi respublikachilar esa buni ta`minlashga tayyor", deb yozdi u tvitterda.

    Boshqa yangiliklar