"Alatun — Neguz" temir yo`l bekatlari oralig`idagi ko`prikda modernizasiya ishlari olib boriladi. Bu haqda "O`zbekiston temir yo`llari" xabar berdi.
Xabarga ko`ra, ushbu vaziyat tufayli quyidagi yo`lovchi poezdlar harakati bekor qilinadi va poezdlar harakati jadvaliga o`zgartirishlar kiritiladi:
2022 yilning 21 va 25 noyabr kunlari ikki reysga 760-sonli "Toshkent — Qarshi" "Afrosiyob" yuqori tezlikda harakatlanuvchi elektropoezdi Toshkent bekatidan Samarqand bekatigacha amaldagi jadval asosida va 2022 yilning 21 va 25 noyabr kunlari ikki reysga 759-sonli "Qarshi — Toshkent" "Afrosiyob" yuqori tezlikda harakatlanuvchi elektropoezdi Samarqand bekatidan Toshkent bekatigacha amaldagi jadval asosida harakatlanadi. (Qarshi vokzaligacha harakatlanmaydi).
2022 yilning 25 noyabr kuni 780/779-sonli “Toshkent — Qarshi — Toshkent” "Afrosiyob" yuqori tezlikda harakatlanuvchi elektropoezdi bir reysga qatnovi to`xtatiladi.
2022 yilning 25 noyabr kuni 4-sonli “Toshkent — Qarshi” poezdi Toshkent bekatidan bir reysga, 2022 yilning 26 noyabr kuni 3-sonli “Qarshi — Toshkent” poezdi Qarshi bekatidan bir reysga qatnovi to`xtatiladi.
2022 yilning 24-25 noyabr kuni 80-sonli “Toshkent — Termiz” poezdi Toshkent bekatidan ikki reysga, 2022 yilning 25-26 noyabr kuni 79-sonli “Termiz — Toshkent” poezdi Termiz bekatidan ikki reysga qatnovi to`xtatiladi.






