AsosiyJamiyat

Chinozda tadbirkorning mulkini talon-toroj qilgan sobiq rahbarga nisbatan jinoyat ishi ochildi

'Chinozda tadbirkorning mulkini talon-toroj qilgan sobiq rahbarga nisbatan jinoyat ishi ochildi'ning rasmi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Chinoz tuman bo`limi tomonidan tadbirkorlik sub`ektlarining huquqlarini himoya qilish yuzasidan tergovga qadar tekshiruv o`tkazildi.

O`tkazilgan tekshiruvda “F-Ph.” MChJ sobiq rahbari Z.Yu. (muqaddam sudlangan) “A.S.” MChJ bilan tuzilgan shartnomaga asosan 925,2 mln so`mlik dori-darmon vositalarini notanish shaxslarga naqd pulga sotib yuborib, mazkur mablag`larni MChJ hisob raqamiga kirim qilmasdan, o`zlashtirish yo`li bilan talon-toroj qilganligi aniqlangan. Bu haqda Prokuratura departamenti xabar bermoqda.

Qayd etilishicha, hozirda mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 167-moddasi (o`zlashtirish yoki rastrata yo`li bilan talon-toroj qilish) bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov harakatlari o`tkazilmoqda.

    Boshqa yangiliklar