Rossiyaning Oryol viloyati gubernatori Andrey Klychkov neft omborida uchuvchisiz samolyot yordamida portlash sodir bo`lganini ma`lum qildi, deya yozmoqda "Zamon.uz".
“16 noyabr kuni taxminan ertalab soat 4:00 da Stalnoy Kon qishlog`idagi neft omborini uchuvchisiz qurilma portlatib yubordi. Qurbonlar yo`q”, — deb yozdi Klychkov o`zining telegram kanalida.
Uning qayd etishicha, voqea joyida hozirda barcha tezkor xizmatlar ishlamoqda.






