AQShning sobiq prezidenti Donald Tramp 2024 yilgi saylovlarda yana Respublikachilar partiyasidan prezidentlikka nomzodini qo`yishini aytdi.
“Amerikani yana buyuk va go`zal qilish uchun bugun men Qo`shma Shtatlar prezidentligiga nomzodimni qo`yyapman. Amerikaning qaytishi hozir boshlanadi!" Bu haqda Tramp seshanba kuni Floridadagi Mar-a-Lago mulkida tarafdorlari oldida qilgan chiqishida aytgan.
Sobiq prezident o`z nutqida Jo Bayden boshchiligidagi AQShning amaldagi ma`muriyatini tanqid qildi. Uning ta`kidlashicha, mamlakat demokratlar tufayli tanazzulga yuz tutgan va agar u hokimiyatda bo`lsa, Ukrainada urush bo`lmaydi.
Donald Trampning prezidentlikka nomzodligi haqidagi hujjatlar allaqachon AQSh Federal saylov komissiyasiga topshirilgan.
Donald Tramp AQShning 45-prezidenti bo`lib, 2017 yilning yanvaridan 2021 yilning yanvarigacha mamlakatni boshqargan.






