AsosiyJamiyat

Sirdaryoda suvdan qarzdorlikni "yopib" bermoqchi bo`lgan nazoratchi-inspektor ushlandi

'Sirdaryoda suvdan qarzdorlikni "yopib" bermoqchi bo`lgan nazoratchi-inspektor ushlandi'ning rasmi

Ichimlik suvidan qarzdorlikni yopib berishni va`da qilgan nazoratchi-inspektor ushlandi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Departament xabar qilmoqda. 

Departamentning Boyovut tuman bo`limi tomonidan DXX  xodimlari bilan xamkorlikda o`tkazilgan tezkor tadbirda, “Sirdaryo suv ta`minoti” MChJ Guliston shahar bo`limi nazoratchi-inspektori E.M. fuqaro D.Q.ning xonadonining 3,7 mln so`m ichimlik suvidan qarzdorligini yopib berish evaziga 1,7 mln so`mni olgan vaqtda ashyoviy dalillar bilan ushlangan.  

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov harakatlari o`tkazilmoqda.

    Boshqa yangiliklar