AsosiyJamiyat

Zangiotada "Nexia-2" yonib ketdi (video)

'Zangiotada "Nexia-2" yonib ketdi (video)'ning rasmi

Joriy yilning 16 noyabr kuni soat 09:15 larda Toshkent viloyati, Zangiota tumani hududidan o`tuvchi M-39 avtomobil yo`lining 818-kilometrida, 1981 yilda tug`ilgan haydovchi Z.G`. "Nexia-2" rusumli avtomobilda harakatlanayotib oldinda qayrilib olayotgan haydovchi, 1995 yilda tug`ilgan I.R. boshqaruvidagi "Kamaz" rusumli yuk avtomobilining shina qismiga to`qnashgan. Zarb oqibatida "Nexia-2" avtomobilida yong`in yuzaga kelgan.

 

Yong`in o`t o`chiruvchilar tomonidan bartaraf etilgan. To`qnashuv va yong`in natijasida tan jarohati olganlar yo`q.

Mazkur holat yuzasidan tuman IIB YHXB va FVB xodimlari tomonidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar