Toshkent shahar bojxona boshqarmasining Kontrabandaga qarshi kurashish bo`limi xodimlari tomonidan Davlat xavfsizlik xizmati xodimlari bilan hamkorlikda poytaxtimizning Bektemir tumanida navbatdagi tezkor tadbir o`tkazildi, deya xabar bermoqda Toshkent shahar bojxona boshqarmasi matbuot xizmati.
Tezkor tadbir davomida "Kaptiva" rusumli avtotransport vositasi to`xtatilib, belgilangan tartibda ko`zdan kechirilishi natijasida, transport vositasida og`irligi 103,04 gramni tashkil qiluvchi "gashish" giyohvandlik vositasi xufyona tarzda yashirilgani fosh bo`ldi.
Hozirda holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari davom ettirilmoqda.






