Ijtimoiy tarmoqlarda O`zbekistonda ovlash taqiqlangan tasqaraning otib o`ldirilgani haqida xabarlar tarqaldi. Holat yuzasidan Davlat ekologiya qo`mitasi rasmiy munosabat bildirdi.
Dastlabki o`rganishlarda fotosuratdagi fuqarolarning shaxsi va manzili aniqlangan. Andijon viloyati Xonobod shahri “Fozilmon” va A.Navoiy mahallasida yashovchi A.S va R.F 2018 yilda Xonobod shahrining “Xidisha” mahalla joylashgan “G`alabaning ellik yilligi” fermer xo`jaligi hududida tasqara qushini jonsiz holatda ushlab suratga tushgan.
Ushbu fuqarolar ayni paytda chet elda bo`lib, ulardan biri R.F. tez orada O`zbekistonga qaytishi kutilmoqda.
“Holat yuzasidan qo`shimcha ma`lumot berilishini ma`lum qilamiz”, deyiladi xabarda.






