AsosiyJamiyat

Toshkentda 4 mashina ishtirokida ayanchli "avariya" sodir bo`ldi

'Toshkentda 4 mashina ishtirokida ayanchli "avariya" sodir bo`ldi'ning rasmi

Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkentning Yunusobod tumanida 4 avtomobil ishtirokida ayanchli avariya sodir bo`lgani aks etgan video tarqaldi.

Dastlabki ma`lumotlarga ko`ra, hodisa bugun soat 21:10 larda Toshkent shahar, A.Temur ko`chasi, TATU universiteti qarshisida yuz bergan. 

1) Haydovchi, 2000 yilda tug`ilgan A.K. boshqaruvidagi "Lada Vesta" rusumli;  

2) haydovchi, 1993 yilda tug`ilgan L.M. boshqaruvidagi "Equinox" rusumli;

3) haydovchi, 1998 yilda tug`ilgan A.A. boshqaruvidagi "Mercedes-Benz" rusumli;

4) yo`l chetida to`xtab turgan "Nexia" rusumli (haydovchining shaxsiga aniqlik kiritilmoqda) avtomobillari ishtirokida to`qnashuv sodir bo`lgan va "Equinox" avtomobili ag`darilgan.

 Ichki ishlar vazirligi Jamoat xavfsizligi departamenti Yo`l harakati xavfsizligi xizmatining xabar berishicha, hodisa natijasida "Equinox" rusumli avtomobil haydovchisiga birinchi tez tibbiy yordam ko`rsatilgan.

"Mazkur YTH yuzasidan Toshkent shahar IIBB JXX YHXB xodimlari tomonidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda. Barcha haydovchilardan belgilangan qoidalarga amal qilishlarini so`raymiz", — deyiladi axborotda.

    Boshqa yangiliklar