Ijtimoiy tarmoqlarda Andijonda umumiy ovqatlanish shoxobchasi yonib ketgani aytilgan video xabar tarqaldi.
FVV Matbuot xizmatining xabariga ko`ra, yong`in bugun, 14 noyabr kuni soat 13:52 da Andijon viloyati Oltinko`l tumani “Temirxo`ja” MFY Temirxo`ja ko`chasida joylashgan umumiy ovqatlanish shoxobchasida sodir bo`lgan.
Shunga ko`ra, 4 ta yong`in-qutqaruv ekipaji soat 14:01 da voqea joyiga etib borib, yong`in soat 14:05 da qurshab olingan va soat 14:26 da o`chirilgan.
Yong`in natijasida shoxobchaning taxminan 75 kv.m maydonida ichki qismi yonib zararlangan.
Hodisa oqibatida tan jarohati olgan va halok bo`lganlar yo`q. Hozirda yong`inning kelib chiqish sababi va moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.






