AsosiyJamiyat

Bosh prokuratura Farg`onada 15 yashar bolaning o`limiga sababchi bo`lgan ikki IIB xodimi haqida qo`shimcha ma`lumot berdi

'Bosh prokuratura Farg`onada 15 yashar bolaning o`limiga sababchi bo`lgan ikki IIB xodimi haqida qo`shimcha ma`lumot berdi'ning rasmi

Farg`onada 15 yoshli voyaga etmagan shaxs joriy yil 17 oktyabr kuni Farg`ona viloyati IIB muassasasida vafot etganligi haqidagi xabarlarkeng muhokamalarga sabab bo`ldi. 

Holat yuzasidan Farg`ona viloyati IIB matbuot xizmati voqea sodir bo`lgan kunda navbatchilik qilgan 2 nafar IIO xodimi tarbiyalanuvchilarni nazoratsiz qoldirib, janjalni oldini olmaganligi uchun, IIO safidan bo`shatilib, xodimlarga nisbatan to`plangan hujjatlar qonuniy chora ko`rishlik uchun viloyat prokuraturasiga taqdim qilingani haqida “darakchi.uz”ga ma`lum qilgan edi.

Farg`ona viloyati prokuraturasi tomonidan 2 nafar sobiq ichki ishlar idorasi xodimlari o`zlariga yuklatilgan vazifalariga sovuqqonlik bilan qarab, o`z majburiyatlariga loqaydlik va vijdonsizlarcha munosabatda bo`lib, ularni bajarmaganligi oqibatida markazda saqlanayotgan voyaga etmagan R.Abdusattorov (marxum) ikki nafar voyaga etmagan tarbiyalanuvchilar tomonidan kun davomida muntazam ravishda urib-do`pposlanib, unga og`ir darajadagi tan jarohatlari etkazilib, uning o`limiga sababchi bo`lganliklari aniqlangan.  

Mazkur holat yuzasidan sobiq IIB markaz tarbiyachisi hamda navbatchilik smenasi inspektor-navbatchisi Jinoyat kodeksining 207-moddasi 3-qismi “a” bandi (mansabga sovuqqonlik bilan qarash) bilan gumon qilinuvchi sifatida jalb qilinib, Jinoyat-prosessual kodeksining 226-moddasi tartibida ushlangan.

    Boshqa yangiliklar