O`zbekiston Respublikasining Istanbul shahridagi Bosh konsulxonasi Istanbul gubernatorligi bilan bog`lanib kecha Istanbul shahrining Istiqlol ko`chasida sodir bo`lgan portlash oqibatida yaralangan va shifoxonaga keltirilgan shaxslar haqida ma`lumot oldi, ular orasida O`zbekiston fuqarolari kayd etilmagan.
Voqea natijasida yaralangan 81 nafar shaxsdan 8 nafari xorijiy davlat fuqarolari ekanligi aniqlangan.
Shu bilan birga, rasmiy ma`lumotlarda e`lon qilingan 6 nafar vafot etgan va 81 nafar yaralanganlardan tashqari turli xil engil darajadagi shikastlar olib shifoxonaga murojaat qilmagan holda tibbiy yordam olgan fuqarolarimiz ham mavjudligi aniqlanmoqda.
Bosh konsulxona ushbu mudhish jinoyat oqibatida qurbon bo`lgan qardoshlarimizning oila a`zolari va yaqinlariga hamdardlik bildiradi, jabr ko`rgan fuqarolarga tez sog`ayib ketishni tilaydi. Vatandoshlarimizdan shaxsiy xavfsizliklariga e`tiborli bulishlarini so`rab qolamiz, deyiladi xabarda.
Eslatib o`tamiz, sal avval o`zbekistonlik bloger ushbu portlashda jarohat olgani va voqeaning guvohi bo`lgani haqida gapirib bergani haqida xabar bergan edik.






