AsosiyJamiyat

Xoji ota-onalarning qariyb 1,5 mlrd pulini "tuya qilishgani" rostmi?

'Xoji ota-onalarning qariyb 1,5 mlrd pulini "tuya qilishgani" rostmi?'ning rasmi

Ijtimoiy tarmoqlarda, “Xoji ota-onalarni 1 milliarddan oshiq pullari tuya qilingan” nomli tarqaldi. Holat yuzasidan Andijon viloyat prokuraturasi rasmiy ma`lumotlarni taqdim etdi.

Aniqlanishicha, fuqaro F.A Xo`jaobod tumanidan “Umra-2022” mavsumida ziyoratga borish istagini bildirgan 74 nafar fuqarolardan jami 1,4 mlrd. so`m naqd pullarni olib o`zining shaxsiy ehtiyojlariga ishlatib yuborgan.

Mazkur holat yuzasidan F.A ga nisbatan JKning 168-moddasi 4-qismi “a” bandi va boshqa moddalar bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasi qo`llanilgan. 

Tergov harakatlari Xo`jaobod tuman IIB huzuridagi tergov bo`limi tomonidan olib borilmoqda, deyiladi xabarda.

    Boshqa yangiliklar