AsosiyJamiyat

Surxondaryoning olis qishloqlaridagi bolalarning maktabga qatnashlari uchun “Damas”lar ajratildi

'Surxondaryoning olis qishloqlaridagi bolalarning maktabga qatnashlari uchun “Damas”lar ajratildi'ning rasmi

Surxondaryoning olis hududlaridagi o`quvchilar maktabga qatnashi uchun avtotransport ajratildi.  Bu haqda viloyat Xalq ta`limi boshqarmasi xabar berdi. 

Xalq deputatlari Surxondaryo viloyati Kengashining qarori bilan 26 ta maktabga 26 ta "Damas" rusumli avtomashinalari berildi.

Ular viloyatdagi sharoitlari mavjud bo`lmagan maktab filiallarida ta`lim olayotgan o`quvchilarni asosiy maktablarga etkazish uchun mo`ljallangan.

“Kunning jaziramasi, qishning qahratonida olis maktablarga qatnaydigan 789 nafar o`g`il-qizlarning quvonchi cheksiz. Ular barcha sharoitlari mavjud maktablarga transport vositasida qatnashadi”, - deyiladi xabarda.

Viloyatdagi 26 ta ta`mirtalab maktab filialining faoliyati tugatilgan.

    Boshqa yangiliklar