AsosiyDunyo

Evropada 2024 yil oxirigacha gaz etarli ekanligi ma`lum qilindi

'Evropada 2024 yil oxirigacha gaz etarli ekanligi ma`lum qilindi'ning rasmi

Yaqin yillarda Evropa Ittifoqi o`zini etarli miqdorda gaz bilan ta`minlay oladi. Hech bo`lmaganda 2024 yil oxirigacha yoqilg`ining jiddiy tanqisligidan qochish mumkin. Bu haqda Evropa komissari Paolo Gentiloni matbuot anjumanida ma`lum qildi, deya xabar beradi “RIA Novosti”.

2022 yil oxiridan 2024 yil oxirigacha bo`lgan davrni hisobga olgan yangi prognozda aytilishicha, etkazib berishni diversifikasiya qilish va tejamkorlik siyosati orqali Rossiyaga gaz qaramligidan xalos bo`lish oqibatlarini bartaraf etish mumkin.

Avvalroq, 2022 yilda Evropa suyultirilgan gaz xaridini keskin oshirgani ma`lum bo`lgan edi. Birinchi o`n oylik natijalariga ko`ra, uni etkazib berish 105 milliard kub metrga etdi. Bir yil avval, xuddi shu davrda, ushbu ko`rsatkich bor-yo`g`i 64 mlrd  kub metri tashkil etgan.

Rossiyadan gaz etkazib berishning keskin qisqarishi er osti omborlarini to`ldirishga imkon bermaydi, degan xavotirlar amalga oshmadi. Noyabr oyi boshiga ko`ra, hajmning 95 foizi to`ldirilgan. Shu fonda gazning birja narxlari ming kub metr uchun 1000 dollar darajasiga tushdi, bu sentyabr oyidagi eng yuqori ko`rsatkichdan uch baravar past degani.

 

    Boshqa yangiliklar