AsosiyDunyo

Xitoyda "COVID-19" tufayli yana maktablar yopilib, avtobus va metro harakati to`xtatildi

'Xitoyda "COVID-19" tufayli yana maktablar yopilib, avtobus va metro harakati to`xtatildi'ning rasmi

Xitoyda bir sutkada 11 950 kishida COVID-19 holatlari qayd etildi. Bu aprel oyining oxiridan beri kuzatilgan eng yuqori ko`rsatkichdir. Bu haqda "Zamon.uz" "Interfax.ru"ga tayanib xabar bermoqda.

Xitoy milliy sog`liqni saqlash komissiyasi ma`lumotlariga ko`ra, kasallanganlar soni tobora ortib bormoqda. Ma`murlar bir qator shaharlar aholisidan uylarini tark etmaslikni va virusga testdan o`tishni talab qilgan. Guanchjouning aksariyat qismida maktablar yopilgan, avtobus va metro harakati to`xtatilgan. Rasmiylar, shuningdek, Guanchjoudan Pekinga va Xitoyning boshqa yirik shaharlariga parvozlarni bekor qildi.

Ammo Xitoy hukumati cheklov choralarini yumshatmoqda. Xususan, xorijdan kelayotgan shaxslar uchun karantin muddati 10 kundan 8 kunga qisqartirilgan, dastlabki besh kun ixtisoslashtirilgan muassasada o`tkazilishi shart.

    Boshqa yangiliklar