Respublika Davlat soliq qo`mitasi raisining 2022 yil 8 noyabrdagi tegishli buyrug`i bilan Bahrom Bahodirovich Fozilov Davlat soliq qo`mitasi huzuridagi Kadastr agentligining Namangan viloyati boshqarmasi boshlig`i etib tayinlandi.
Bahromjon Fozilov 1988 yil 3 avgust kuni Namangan shahrida tug`ilgan. Ma`lumoti oliy, 2014 yilda Namangan muhandislik - pedagogika institutini tamomlagan. Mutaxassisligi - binolar va inshootlar quruvchisi.
Sohadagi mehnat faoliyatini 2014 yilda “Binolar va inshootlar qurilishi” mas`uliyati cheklangan jamiyatida qurilish ustasi sifatida boshlagan. U 2015-2022 yillarda Namangan viloyati Er mulk kadastr davlat korxonasi, Davlat kadastrlari palatasining Namangan viloyati boshqarmasi topografiya ishlarini bajarish bo`limi, Davlat kadastrlar palatasining Namangan viloyati boshqarmasida turli mas`ul vazifalarda ish olib borgan.
Bahromjon Fozilov yangi tayinlovga, ya`ni 2022 yil 27 yanvardan buyon Davlat soliq qo`mitasi huzuridagi Davlat kadastrlar palatasi Uychi tumani filiali boshlig`i lavozimida faoliyat yuritib kelayotgan edi.






