AsosiyDunyo

AQShda TikTok bloklanishi mumkin

'AQShda TikTok bloklanishi mumkin'ning rasmi

AQSh hukumati TikTok'ni taqiqlashi mumkin. Ularning fikricha, ijtimoiy tarmoq orqali Xitoy kommunistik partiyasi amerikaliklarni kuzatib, ularga ta`sir o`tkazadi, deya yozmoqda “zamon.uz”.

AQShlik senator Marko Rubio va vakillar palatasi a`zosi Mayk Gallaxer Washington Post gazetasida yozgan maqolasida shuni talab qildi.

"AQSh Xitoy kommunistik partiyasi bilan yangi sovuq urush holatida turibdi. Asosiy harbiy maslahatchilar Tayvan tufayli vaziyat yanada qizg`inlashishi mumkin. Ammo millionlab amerikaliklar yangiliklar ko`rish, kontent almashish yoki do`stlar bilan muloqot qilishda XKP ta`siridagi TikTok ijtimoiy tarmog`idan foydalanadi", - deyiladi maqolada.

Mualliflarning fikricha, TikTok'dan amerikalik yoshlarning 2/3 qismi foydalanadi. Tarmoq milliardlab yoshlarni kuzatish imkonini beradi.

Rubio va Gallaxer TikTok foydalanuvchilar qaerda ekani haqidagi ma`lumotni yig`adi. Shuningdek u amerikalik mansabdorlarga tegishli maxfiy ma`lumotlarni yig`ishi mumkin.

Senator va kongressmen TikTok va XKP tomonidan boshqariladigan boshqa barcha  ijtimoiy tarmoqlarni taqiqlash haqidagi qonun loyihasini tayyorlamoqda.

    Boshqa yangiliklar