AsosiyJamiyat

DTM Qrim va Sevastopoldagi talabalar o`qishini ko`chirishi bo`yicha qo`shimcha ma`lumot berdi

'DTM Qrim va Sevastopoldagi talabalar o`qishini ko`chirishi bo`yicha qo`shimcha ma`lumot berdi'ning rasmi

Prezident topshirig`i bilan Qrim va Sevastopol hududlaridagi talabalar ham o`qishini ko`chirishi mumkin bo`lgani haqida xabar berilgan edik.

Davlat test markazi jarayon bo`yicha qo`shimcha ma`lumot e`lon qildi.

Davlat komissiyasining 7-sonli bayoni bilan Rossiyaning Kursk, Bryansk, Belgorod, Voronej, Rostov va Krasnodar hududlaridagi OTMlarida tahsil olayotgan O`zbekiston fuqarolarining o`qishini O`zbekistondagi davlat OTMlariga istisno tariqasida ko`chirishga ruxsat berilgan.

Qrim va Sevastopol hududlaridan o`qishni ko`chirmoqchi bo`lgan O`zbekiston fuqarolari 20 noyabrga qadar (shu kuni ham) my.dtm.uz saytining «Qrim va Sevastopol hududlaridan o`qishni ko`chirish» bo`limi orqali onlayn ariza berishlari mumkin.

    Boshqa yangiliklar