Biroz avval O`zbekiston tashqi ishlar vaziri va TDT sobiq bosh kotibi ishtirokida matbuot anjumani o`tkazilayotgani haqida xabar bergan edik.
Jarayondan Darakchi.uz’ muxbiri Dilbar Abdunabievaning xabar berishicha, Norov jurnalistlar oldida so`zlagan nutqi davomida sammit yutuqlariga to`xtalib o`tdi.
"Samarqand sammiti barqarorlik, xavfsizlik va uzluksiz taraqqiyotni ta`minlash manfaatlari yo`lida ko`p tomonlama hamkorlikni mustahkamlashning yangi yo`nalishlarini belgilash imkonini berdi.
Bundan tashqari sammit Turkiya respublikasining muvaffaqqiyatli raisligini yakunladi va bu davlat rahbarlari tomonidan yuqori baholandi.
A`zo davlatlar O`zbekiston prezidentining kelayotgan 2023 yilni "Turkiya svilizasiyasining yuksalish yili deb e`lon qilish taklifini bir ovozdan qo`llab-quvvatlashdi", — deydi vazir






