AsosiyJamiyat

7 davlatda bir vaqtda…

'7 davlatda bir vaqtda…'ning rasmi

Kecha xabar berganimizdek, “Yashil makon” umummilliy loyihasi endi Turkiy davlatlar tashkiloti darajasiga ham tashabbus sifatida olib chiqilmoqda.

Xususan, bugun – 11 noyabr kuni Turkiy davlatlar tashkiloti Samarqand sammiti doirasida tashkilotga a`zo va kuzatuvchi maqomidagi mamlakatlar davlat rahbarlari ishtirokida Registon maydonida ko`chat ekish jarayoni o`tkaziladi.

Darakchi.uz’ muxbirining xabar berishicha, Turkiy davlatlar tashkilotiga a`zo bo`lgan Turkiya, Ozarbayjon, Qozog`iston, Qirg`iziston hamda kuzatuvchi maqomiga ega bo`lgan Vengriya va Turkmaniston davlatlari poytaxtlarida ham bir vaqtning o`zida ko`chat ekiladi.

Ma`lum bo`lishicha, birgina Ozarbayjonning o`zida 11 noyabr kuni 111 ming 111 ta daraxt ko`chati o`tqazilishi rejalashtirilmoqda.

    Boshqa yangiliklar